Tohir Sodiqov

Aktyor
Tohir Sodiqov
Tavallud sanasi:
1973 yil 1 iyul

Tohir Sodiqov 1973 yil 1 iyulda Toshkent shahri, Sobir Rahimov tumani, Langar ko'chasi, 12-uyda tug'ilgan. Eski Jo'vadagi masjidning orqasida joylashgan bog'chaga borgan (bog'cha xotirotlari esida, faqat  raqami emas). Otasi - Sodiqov Bahromjon Sobirovich - uchuvchi, zahiradagi ofiser edi. Onasi - Sodiqova Gulnur Mansurovna (xalq xo'jaligi institutini tamomlagan), uy bekasi.

Tohir Toshkent shahridagi 41-maktabda tahsil olgan. Oliy o'quv yurtini tugatmagan, mutaxassiligi yo'q. Ma'lumoti o'rta. O'z qo'shiqlarini sevib tinglaydi. Sevimli aktyori - Obid Asomov. Shiori: "Yaxshi insonga boringni ayama”. Va'dabozlikni yomon ko'radi. Bir so'zli insonlarni hurmat qiladi. Hech bir xonandaga tanqidiy fikri, g'arazi yo'q. Chunki, Tohir Sodiqovning fikricha, hamma o'zicha to'g'ri.  "Yaxshi qo'shiqqa klipning hech ham keragi yo'q. Sevimli qo'shiq klipsiz ham sevimli bo'lib qolaveradi”.  

"Bolalar” guruhi 1989 yilning kuz oyida Ruslan Sharipov tashabbusi bilan tashkil topgan. Guruhning ilk albomi "Esingdami sening...” Bolalar”ning birinchi ofisi "Bolalar shou” firmasida bo'lgan ("Yoshlik” metro bekati yonida).  Guruhning ilk a'zolari: Tohir Sodiqov, Husan Sodiqov, Tofik Marduxaev, Bahodir Po'latov, Toir Odilov, Ruslan Sharipov, Nargiza Zokirova, Javohir Zokirov.  

"Bolalar”ning plastinkasi 1992 yilda chiqarildi. "Bolalar-shou” firmasida. "Bolalar”ning aranjirovkachisi Ruslan Sharipov, qo'shiqlar muallifi Tohir va Husan Sodiqovlar bo'lishgan. "Bolalar” "O'zsport” birlashmasiga qarashli edi. Guruh a'zolariga maoshni Ruslan Sharipov bo'lib bergan.

Har bir konsertdan o'zi va Nargiza Zokirovaga 50 rubldan, Husan Sodiqov va Tofik Marduxaevga 25 rubldan, boshqalarga 15 rubldan taqsimlangan.

Tohir Sodiqov AQSH, Fransiya, Angliya, Turkiya kabi chet davlatlarida bo'lgan. "Bolalar”ning birinchi muxlislari - 41-maktab o'quvchilari.  

Guruh ilk marotaba 1990 yil 23 fevral kuni "Alpomish” sport saroyi (hozirgi "O'zko'rgazmasavdo” markazi)da katta sahnaga chiqqan. "Bolalar” 2000 yilgacha O'zbekiston va qator hamdo'stlik davlatlari bo'ylab yiliga yuzlab konsertlar bergan. Olti yildan buyon esa O'zbekistonning o'zida qirqdan ortiq konsertlar beryapti.  Tilagi: "Vaqtni bekor o'tkazmaylik. Hammasi o'tib ketaveradi. Hayotning har bir lahzasidan unumli foydalanaylik. Ertaga hayotga shunchaki kelib-ketdi emas, balki yashadi degan nom qoldirishga intilaylik, o'tkinchi dunyoda nomimiz yaxshi inson sifatida abadiy qolsin!

 

Manbaa: http://www.tarona.net/news/bolalar_tohir_sodiqov_hayoti_va_ijodi_biografiya/2012-05-12-1310
Sayt foyda berdi!
87681 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi